Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi maʼluum qildi.
Amaldagi qonunchilikka koʻra, barcha qurilish tashkilotlari quyidagi talablarni bajarishga majbur:
- qurilish jarayonida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishiga yoʻl qoʻymaslik;
- qurilish maydoniga kirib-chiqish yoʻlaklarida osma yomgʻirlatgich va suv purkagichlar oʻrnatish;
- avtotransport vositalari gʻildiraklarini majburiy tarzda yuvish uchun yuvish shoxobchasini tashkil etish;
- chang tarqalishining oldini olish maqsadida qurilish maydonini toʻsiqlar, himoya qoplamalari va maxsus materiallar bilan jihozlash.
Mazkur talablar bajarilmagan taqdirda, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksga muvofiq jarima va boshqa maʼmuriy choralar qoʻllanilishi, shuningdek, faoliyat 10 ish kunigacha toʻxtatilishi yoki belgilangan tartibda butunlay tugatilishi mumkin.









