Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shu yilning 14-aprelida qabul qilingan “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida belgilandi.
Farmonga koʻra, quyidagilar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi:
- Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasini (Inspeksiya) mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi sifatida shakllantirish;
- qurilish, koʻp kvartirali uylarni boshqarish hamda ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida nazorat funksiyalarini toʻliq raqamlashtirish;
- xususiy sektor tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tizimi mexanizmlarini shakllantirish.
2025-yil 1-maydan:
- tadbirkor va qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari oʻrtasida shartnoma tuzilgan boʻlsa, tadbirkorlarning qurilish obyektlarida qisqa muddatli davlat qurilish nazorati tadbirlari shartnoma shartlari doirasida amalga oshiriladi va “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi;
- Inspeksiyaga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashish qatʼiyan taqiqlanadi.