Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-iyuldan, quyidagilar amalga oshiriladi, jumladan:
— obyektlarni qurishda qurilish-pudrat tashkilotlari, developerlar va buyurtmachilar tomonidan ulushdorlarning pul mablagʻlarini qurilishga ulush kiritish asosida jalb qilish faqat notarial tasdiqlangan va kadastr organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan obyekt qurilishida ulush kiritish asosida ishtirok etish shartnomasi boʻyicha amalga oshiriladi;
— ulushli shartnoma boʻyicha mablagʻlar ulushdor tomonidan vakolatli tijorat bankida quruvchi, ulushdor va tegishli tijorat banki oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida ochilgan “eskrou” hisobvaragʻiga ularning hisobini yuritish uchun joylashtiriladi va deponentlanadi;
— ulushdorlarning uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlari va quruvchining majburiyatlari yuzasidan “eskrou” hisobvaragʻi boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish, mablagʻlarni xatlash yoki hisobdan chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi;
— birinchi bosqichda quruvchi tomonidan obyektni qurish ishlari umumiy hajmining kamida 30 foizi oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgandan soʻng tijorat banki tomonidan quruvchiga maqsadli kredit ajratish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.