Toshkent shahar hokimligi bot manziliga kelib tushayotgan qurilishga aloqador murojaatlarning koʻpligi sababli, aholiga qulaylik yaratish maqsadida, qurilishi vaqtincha toʻxtatilgan firma va kompaniyalarning holatini onlayn tekshirishingiz mumkin boʻlgan yangi sahifa ishga tushirildi.
Endi har bir fuqaro qurilish kompaniyasining nomini kiritgan holda, uning faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan yoki toʻxtatilmaganini bir necha soniya ichida bilib olishi mumkin.
Qurilish tashkilotlarining holatini ushbu havola (https://shr-tashkent.uz/qurilish) orqali oʻtgan holda tekshirishingiz mumkin.








