Natijada, avtomashina  yuk xonasidan deklarasiyada yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 1 dona “GLETCHER GRACH NBB Cal. 4.5mm” nomli pnevmatik qurol, 2 dona qurol uchun gaz ballonlari va 1 dona idishda  qurol uchun o‘qlarni olib kelayotganligi aniqlandi. 

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  Ma’lumot uchun, viloyat bojxonachilari tomonidan o‘tgan davr mobaynida 564 dona o‘q dorilarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishining oldi olindi.