Koʻzlar doimiy ravishda koʻzyosh ishlab chiqaradi va bu yoshlar koʻz yuzasini namlantirib turish vazifasini bajaradi. Kasallikka chalingan insonlarda esa yetarlicha koʻzyosh ishlab chiqarilmasligi oqibatida koʻzyoshlar koʻz yuzasini namlantirishga ulgurmay bugʻlanib ketadi. Kamchiliklar oqibatida koʻzlar quruq va qadalayotgandek boʻlaveradi.

Oftalmologlar tomonidan eng koʻp uchraydigan kasalliklardan biri sifatida eʼtirof etilgan mazkur kasallik 50 yoshdan oshgan 30 foiz odamda kuzatiladi.

Koʻz yuzasida quruqlik va yalligʻlanish ham kuzatiladi.

Kontakt linza taqadiganlarda va koʻz jarrohligini boshidan oʻtkazganlarda quruq koʻz sindromi kuzatilishi ehtimoli yuqoriroq hisoblanadi.

Baʼzilar esa yorugʻlikka qarashga qiynalishi yoki nigohlari jimirlashi, koʻzida begona jism bordek tuyulayotganidan arz qiladi.

Agar uni davolashga eʼtibor qaratilmasa, koʻz yuzasida yaralar hosil boʻlishiga yoki koʻrish qobiliyati pasayishiga olib keladi.

Bunday holatlarda, albatta, shifokorga murojaat qilish, eng koʻp vaqt sarflanadigan xonalarda havo namlantirgichlardan foydalanish, kontakt linzalardan toʻgʻri foydalanish hamda maxsus mashqlarni bajarish tavsiya etiladi.

Internet materiallari asosida Feruza Joʻrayeva tayyorladi.