Quva anorlari eksport qilinmoqda

    Agrosektor 19 Sentabr 2020 1732

    Bu borada Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya, Ukraina, Birlashgan Arab Amirligi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi, deb habar qilmoqda “Dunyo” AA.

    Shu kunga qadar Farg‘ona bog‘larida pishib yetilgan 3 ming tonnadan ortiq anor eksportga jo‘natildi.

    Farg‘onaliklar ziroatchilikda boy tajribaga ega. Ayniqsa, qirmizi anor yetishtirishning hadisini olgan.

    Qadimdan anorchilik ulkan daromad manbai, kamyob va shifobaxsh ne’mat sifatida baholangan. Zamonaviy tibbiyot, xalq tabobatida juda foydali xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jahon bozorida ushbu mahsulotga bo‘lgan talab va taklif yuqori.

    Shu bois anorzorlarni kengaytirish, serhosil, ertapishar navlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu kunga qadar Rishton va Oltiariq tumanlarida 1 ming 400 gektar yangi anorzorlar tashkil etildi.

    2025-yilga borib viloyatdagi anor maydonlari 20 ming gektarni tashkil qiladi va yiliga 200 ming tonnadan ortiq anor yetishtiriladi. Bu mavsum davomida 120 ming tonnadan ortiq anor eksportini amalga oshirish imkoniyatini beradi.