Loyihaning tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish sexining ishga tushirish natijasida 170 ta yangi ishchi oʻrinlari yaratildi. Bunda asosan “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz ayollar va yoshlarning bandligi taʼminlanishiga eʼtibor qaratildi.

Korxona tomonidan yillik 31 milliard 200 million soʻmlik tayyor mahsulot ishlab chiqarilishi koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, tez orada korxonaning 2-bosqichi boʻlgan mato toʻqish, matoni boʻyash va pardozlash liniyasi ishga tushirilishi natijasida qoʻshimcha 400 ta yangi ishchi oʻrinlari yaratilishi koʻzda tutilgan. Loyihaning toʻliq ishga tushirilishi natijasida jami 600 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi, deb xabar beradi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi matbuot xizmati.