Quva tumanida bir nechta fuqarolarning yoʻl yoqasida janjallashgani ortidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

    Joriy yilning 30-yanvar kuni fuqarolar B.M., J.T., J.X. hamda D.A. birgalikda koʻchada ketayotgan fuqaro Sh.S.ni toʻxtatishib, oʻzaro kelishmovchilik ortidan uni pichoq bilan qoʻrqitib doʻpposlashgan.

    Bu haqda Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

    Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismi “b” hamda “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishildi.

    Ushbu shaxslardan jabrlangan fuqarolar boʻlsa, yaqin oradagi ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari soʻraladi.