Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Z.N” dehqon xoʻjaligi rahbari Gʻ.A. va boshqalar hududiy tijorat bankidan 10 nafar fuqaroning nomiga ularning xabardorligisiz issiqxona qurish uchun 286,2 mln soʻm kredit ajratilishiga erishib, kredit mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Uchqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “J.M.” MCHJ rahbari S.Yu. 4 nafar fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan 119,9 mln soʻm kredit mablagʻini MCHJ hisob-raqamiga oʻtkazishga erishib, kredit mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.