Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va KAITJ oʻrtasidagi moliyaviy-texnik hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Jamgʻarmaning Oʻzbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarda, xususan qishloq hududlarida uy-joylar qurish, suv taʼminoti tizimini yaxshilash va aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash sohasidagi ishtirokiga alohida eʼtibor qaratildi.

KAITJ Bosh direktorining oʻrinbosari koronavirusga qarshi kurash doirasida Oʻzbekiston tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash uchun 5,6 million dollar miqdoridagi Jamgʻarma mablagʻlarini yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston tomonining taklifini qoʻllab-quvvatladi.

Muzokaralar yakuniga koʻra hamkorlikni yana-da kengaytirish, jumladan KAITJ ishtirokida turli loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.