Quvayt bilan ijtimoiy loyihalar sohasidagi hamkorlik kengaytiriladi

    2025-yil 15-aprelda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Kuvaytda “Shayx Abdulla an-Nuriy” xayriya tashkiloti menejeri Abdullatif az Zafiriy bilan uchrashdi.

    Tomonlar 2025-yil 28-apreldan 6-mayga qadar Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan Al-Amal xalqaro jarrohlik guruhining (HOPE) insonparvarlik missiyasiga tayyorgarlikni muhokama qildilar.

    Shuningdek, Oʻzbekistondagi istiqbolli loyihalar, jumladan, Toshkent shahrida yetim bolalar uchun maktab yoki qariyalar shifoxonasi qurish, zarur ijtimoiy infratuzilmaga ega “kichik qishloq” namunasini yaratish masalalari muhokama etildi.

    Al-Zafiriy ikki davlat oʻrtasida ijtimoiy loyihalar sohasida faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.