Quvaytdagi turar-joy binosida sodir bo'lgan yong'in oqibatida 35 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Quvayt janubidagi turar-joy binosida sodir bo'lgan yong'in oqibatida 35 dan ortiq kishi halok bo'ldi, 15 kishi jarohatlandi. Bu haqda Quvaytning KUNA axborot agentligi xabar berdi.

    Agentlikning Quvayt Ichki ishlar vazirligi vakilining bayonotiga tayanib xabar berishicha, yong'in Mangaf shahrida sodir bo'lgan. Favqulodda xizmatlarga yong'in haqida xabar mahalliy vaqt bilan taxminan 06:00 da kelib tushgan.

    Voqea joyida o't o'chiruvchilar va sud-tibbiyot ekspertlari ishlamoqda va uch nafar qurbonning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo'ldi. Jabrlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan. Qayd etilishicha, ichki ishlar vaziri voqea joyiga borgan.

    Yong'in sabablari haqida ma'lumot berilmagan, deb xabar beradi tass.ru.