Quvaytdagi turar-joy binosida sodir bo'lgan yong'in qurbonlari soni 49 nafarga yetdi

    Quvayt janubida osiyolik ishchilar istiqomat qiladigan turar-joy binosida sodir bo'lgan yong'in oqibatida halok bo'lganlar soni 49 kishiga yetdi, deyiladi amirlik IIV bayonotida.

    “Ishchilar uchun turar-joy binosida sodir bo'lgan yong'in oqibatida halok bo'lganlar soni qirq to'qqiz nafarga yetdi”, deyiladi Quvayt axborot agentligi xabarida.

    Vazirlikning bildirishicha, yong'in chorshanba kuni ertalab 200 ga yaqin odam istiqomat qilgan olti qavatli binoda kelib chiqqan. Yong'in gaz ballonlari bo'lgan birinchi qavatda boshlangan.

    Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, qurbonlar sonining ko'p bo'lishiga bino egasining kirish eshigini qulflab qo'yish haqidagi buyrug'i va joyda qo'riqchining yo'qligi sabab bo'lgan. Quvayt ichki ishlar vaziri Fahad as-Sabah ikkalasini hibsga olishga buyruq berdi, deb xabar beradi ria.ru.