Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha,  shu yilning 10-aprel kuni soat 07:30 da Toshkent shahar Chilonzor tumani, Furqat koʻchasida, elektromobil yonayotganligi toʻgʻrisida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Kelib tushgan xabarga koʻra, voqea joyiga yongʻin-qutqaruv ekipaji yetib borgan va yongʻin soat 08:28 da oʻchirilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, elektromobilning akkumulyator qismida yongʻin kelib chiqqanligi aniqlandi.

Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.