Murojaatda qayd etilishicha, «HALOL GO’SHT EXPORT» MCHJ bilan 2021 yil 1 iyunda tuzilgan 99-sonli shartnomaga ko'ra, mazkur korxona fuqaroga 27 000 000 so'mlik zotdor quyonni shu kungacha bermay kelgan. MCHJ rahbariyatiga qilgan murojaatlari besamar ketgan.
Ushbu murojaat 2021 yil 29 sentyabr` kuni Fuqarolik ishlari bo'yicha YAngiqo'rg'on tumanlararo sudi tomonidan ko'rilib, O'zbekiston Respublikasi “Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi qonunining 29-moddasiga asosan, fuqaro Jo'raev Husniddin Zuhriddin o'g'li foydasiga «HALOL GO’SHT EXPORT» MCHJ tomonidan etkazilgan zarar (27 000 000 so'm) hamda ma'naviy zarar (500 000 so'm)ni undirish xaqida hal qiluv qarori chiqarildi.