Quyosh dog'larining xavfli “arxipelagi” aniqlandi

    Quyoshning Yerga eng yaqin tomonida so'nggi o'n yil ichida ko'p sonli quyosh dog'lari paydo bo'ldi. Ular quyosh “bo'roni”ni keltirib chiqardi.

    Olimlar chaqnashlar bizning sayyoramizga yetib borishidan xavotirlanmoqda.

    Tadqiqotchilar ikkita dog'lar guruhini aniqlashdi: AR3490 va AR3491. Ular tezda yulduz yuzasi bo'ylab birin-ketin harakat qilishdi. Ular paydo bo'lishidan oldin tegishli hududda gelioseysmik silkinishlar yoki Quyosh yuzasida to'lqinlar qayd etildi.

    Ular paydo bo'lganidan buyon dog'lar bo'linib, “arxipelag”ni yuzaga keltirdi. Uning umumiy uzunligi taxminan 200 000 kilometrni tashkil etadi – bu Yerdan 15 baravar kengroqdir.

    So'nggi to'rt kun ichida quyosh dog'lari kamida 16 ta C sinfidagi hamda 3 ta M sinfidagi quyosh chaqnashlariga sabab bo'lgan. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, kelgusi haftalarda chaqnashlar soni sezilarli darajada oshishi mumkin. Chaqnashlarning eng kuchli – X toifasi avj olishi ehtimoli bor.

    Chaqnashlar Yerga yetib borishi va geomagnit bo'ronlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu hodisa aloqa va sun'iy yo'ldosh navigatsiyasining uzilishi bilan bog'liq bo'lib, orbitadagi sun'iy yo'ldoshlar uchun juda xavflidir, deb xabar beradi mir24.tv.