NASAning ma'lum qilishicha, Quyosh hozirda ikki yil avval boshlangan va bir muncha vaqt davom etishi mumkin bo'lgan faolligining eng yuqori cho'qqisiga chiqdi. Ammo aniq ma'lumotlar keyinroq, qo'shimcha tahlildan so'ng ma'lum bo'ladi. Odatda bu bosqich taxminan 3-4 yil davom etadi.
Quyosh faolligi davriy tus olib, 11 yillik ritmda – ham sokin davr hukmronlik qiladi, ham chaqnashlar sodir bo'ladi. Aynan shu payt Quyoshda tez-tez quyosh massasining chayqalishi va otilishi yuz beradi, bu esa geomagnit bo'ronlarni keltirib chiqaradi. Aynan shu bo'ronlar rang-barang shimol yog'dusini yuzaga keltiradi, deb xabar beradi tengrinews.kz.