Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:
Buxoro viloyati – 16,5 mlrd so‘m;
Xorazm viloyati – 13,3 mlrd so‘m;
Qashqadaryo viloyati – 9,1 mlrd so‘m.
Subsidiya qanday olinadi?
Subsidiyani “Soliq” mobil ilovasi "Keshbek va imtiyozlar" xizmatining “Quyoshli xonadon” bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish” oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.
2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.