Bunga deyarli 32 million kishi guvoh bo'ldi. Bu “Amerikancha Quyosh tutilishi” deb ataladi, chunki uni butun AQSh bo'ylab ko'rish mumkin. NASA kamdan-kam uchraydigan hodisani Youtubeda jonli efirda namoyish etdi.
Moskva planetariysi ma'lumotlariga ko'ra, tutilish Moskva vaqti bilan 19:39 dan 22:55 gacha, Quyosh diski to'liq yopilgan lahza bor-yo'g'i 4 daqiqa 28 soniya davom etdi.
Ko'pgina AQSh va Kanadadagi maktablar bolalarga uyga ertaroq borishlariga ruxsat berdi. Maktablar bolalarning uylariga qorong'ulikda qaytmasliklari, Quyoshga maxsus himoya vositalarisiz qaramasliklari uchun shunday yo'l tutishdi. Noyob hodisa sharafiga Amerikaning Delta Airlines aviakompaniyasi Quyosh tutilishi yo'nalishi bo'ylab parvozni amalga oshirdi, deb xabar beradi gazeta.ru.