Quyoshda besh marta kuchli chaqnash yuz berdi

    Olimlar 14-iyul kuni Quyoshda besh bor kuchli chaqnashlarni qayd etishdi, deb xabar berdi Amaliy geofizika instituti.

    Bundan tashqari, yakshanbaga o'tar kechasi M5.0, M2.7, M1.7, ertalab esa M3.0 chaqnash sodir bo'ldi.

    Chaqnashlardan so'ng, quyosh rentgen nurlarining Yer ionosferasiga ta'sir qilish darajasi, koinot ob-havo ma'lumotlariga ko'ra, besh ko'rsatkichli shkala bo'yicha R3 (kuchli) darajasida bo'ldi. Yerda eng yuqori daraja esa R5 (ekstremal) hisoblanadi.

    Quyosh chaqnashlari rentgen nurlanishining kuchiga qarab beshta sinfga bo'linadi: A, B, C, M va X. Minimal A0.0 darajasi Yer orbitasidagi 1 kvadrat metr uchun 10 nVt radiatsiya quvvatiga to'g'ri keladi. Keyingi harfga o'tishda quvvat 10 barobar ortadi. Chaqnashlar odatda quyosh plazmasining emissiyasi bilan birga sodir bo'ladi, bulutlari Yerga yetib kelib, magnit bo'ronlarini qo'zg'atishi mumkin, deb xabar beradi tass.ru.