Quyoshda bir vaqtning o'zida ikkita chaqnash yuz berdi

    Olimlar Quyoshda kam uchraydigan hodisani payqashdi. Yulduz yuzasida bir vaqtning o'zida ikkita kuchli chaqnash yuz berdi. Hodisa bir-biridan 500 ming kilometr uzoqlikda sodir bo'ldi.

    Ikkita quyosh chaqnashi AR3559 va AR3561 deb nomlandi. Ularning umumiy quvvati M5.1 (M – chaqnashlarning ikkinchi eng yuqori sinfi) deb baholandi.

    “Duet chaqnashlar kamdan-kam uchraydigan hodisa va davom etayotgan quyosh faolligi belgisidir”, deb ta'kidladi tadqiqotchilar.

    Bunday chaqnashlar Quyosh tojidagi magnit halqalar bilan bog'liq. Ular simpatik quyosh chaqnashlari sifatida ham ma'lum. Olimlar ularning mavjudligi haqida uzoq vaqtdan beri bilishadi, ammo endigina ularni birinchi marta real vaqt rejimida kuzatishga muvaffaq bo'lishdi, deb xabar beradi mir24.tv.