Olimlar ushbu modda 18-iyul, seshanba kuniyoq Yerga yetib kelishi va geomagnit bo'roniga sabab bo'lishi mumkinligidan ogohlantirishdi.

Quyosh moddasi Yer atmosferasiga yetib borgach, geomagnit bo'ronni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday hodisalar sun'iy yo'ldoshlar va aloqa tizimlarini ishdan chiqarishi, shuningdek, qutb yog'dusini yuzaga keltirishi mumkin. Sog'lig'iga ob-havo ta'sir qiladigan odamlarning ahvoli yomonlashishi mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.