Quyoshda ikki bor kuchli chaqnash yuz berdi

    12-fevral oqshomida Quyoshda ikkita yuqori toifali M chaqnash sodir bo'ldi, deb xabar bermoqda Amaliy geofizika institutining geliogeofizika xizmati.

    Hozirda Yerda magnit bo'roni kuzatilmayapti, biroq proton oqimining Yerga yaqin fazoga kirib borishi davom etmoqda.

    Koinot ob-havo markazi ma'lumotlariga ko'ra, sayyoramizdagi quyosh chaqnashlaridan kelib chiqadigan energetik proton oqimlari xavfi hozirda S1 (zaif) darajada, eng yuqori daraja esa S5 hisoblanadi. Quyosh rentgen nurlari chaqnashlarining Yer ionosferasiga ta'siri ham eng zaif darajada bo'lgani qayd etildi, deb xabar beradi tass.ru.