Quyoshda kuchli chaqnash yuz berdi

    Hozirgi quyosh siklining eng kuchli chaqnashi sodir bo'ldi.

    “Bu joriy quyosh siklining birinchi chinakam kuchli chaqnashi bo'lib, uni mubolag'asiz, favqulodda kuchga ega hodisa sifatida tavsiflash mumkin. Chaqnash ushbu siklning oldingi rekord hodisalaridan taxminan 2 barobar kuchliroqdir. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra tasniflash bo'yicha chaqnashga X5,0 ball berilgan, avvalgi eng kuchli chaqnash X2.8 ballga ega bo'lgan”, deyiladi xabarda.

    Olimlar chaqnash sababini quyosh dog'larining harakati natijasida quyosh tojida magnit va elektr energiyasining to'planishi bilan izohlashdi. Quyosh chaqnashining sayyoramizga ta'siri butunlay istisno qilingan.

    So'nggi marotaba ana shunday hodisa 2023-yilning 14-dekabrida sodir bo'lgandi, deb xabar beradi ria.ru.