Quyoshda “noyob” chaqnash yuz berdi. Magnit boʻroni boʻlishi kutilyapti

    Yashil sayyora 20 Aprel 2021 1228

    Quyoshda oʻrta sinf darajasidagi chaqnash yuz berdi.

    Rossiya Fanlar akademiyasi Fizika instituti Quyosh rentgen astronomiyasi laboratoriyasi maʼlum qilishicha, Amerikaning GOES-16 sunʼiy yoʻldoshidan olingan maʼlumotlar asosida Moskva vaqti bilan soat 2.19 dan 2.59 gacha “M” sinfidagi chaqnash qayd etildi. Chaqnash faollik indeksi yashildan sariq darajasigacha koʻtarildi.

    Laboratoriya rahbari Sergey Kuzinga koʻra, chaqnash xavfli emas, ammo ikki yoki uch kundan keyin u Yer magnetosferasida magnit boʻronini keltirib chiqarishi mumkin.