Quyoshda so'nggi yetti yil ichida eng kuchli chaqnash yuz berdi

    Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari institutining quyosh astronomiyasi laboratoriyasi Quyoshda so'nggi yetti yildagi eng kuchli chaqnash sodir bo'lganini ma'lum qildi.

    Bu Quyosh faolligining joriy davridagi eng yirik chaqnash bo'ldi. Chaqnash X6.3 sifatida tasniflanadi.

    “Quyoshdan qayd etilgan radiatsiya oqimlari kvadrat kilometrga taxminan bir kilovattni tashkil etdi, bu zamonaviy tarixda qayd etilgan rekord darajadan atigi ikki-uch baravar past”, dedi olimlar.

    Ularning fikricha, Quyoshda so'nggi ikki tsikldagi eng kuchli faollik qayd etilmoqda, deb xabar beradi lenta.ru.