Quyoshda yana kuchli chaqnash sodir bo'ldi

    Quyoshning Yerga qaragan tomonida yana kuchli chaqnash yuz berdi.

    Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi rahbari Sergey Bogachyevga tayanib, Rossiya OAVlari xabar berdi.

    “Quyoshda yangi X-darajali chaqnash paydo bo'ldi – aynan Quyosh-Yer chizig'ida. Koinot kuzatuv ma'lumotlariga ko'ra, Quyoshda eng yuqori darajadagi yangi chaqnash qayd etildi – dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, u X1.1 darajali”, dedi olim.

    Avgust oyi boshida Yerda sodir bo'lgan magnit bo'roni besh ko'rsatkichli monitoring shkalasi bo'yicha “kuchli” deb baholanadigan G3 darajasiga yetdi. G5 darajali magnit bo'roni “juda kuchli”, G1 darajalisi “zaif” hisoblanadi, deb xabar beradi report.az.