Quyoshga uzoq vaqt qarash ko'zga qanday ta'sir ko'rsatadi?

    Siz darhol biror o'zgarish sezmasligingiz mumkin, ammo bu yaxshi holat ham emas. Ko'z to'r pardasida og'riq sezuvchi retseptorlar mavjud emas. Shu sababli ko'z zararlanganda ham buni sezmasligingiz mumkin.

    Quyosh o'zidan infraqizil va ul`trabinafsha nurlar taratadi. Quyoshga tik qaraganda shu ikkala nur ham ko'z to'r pardasiga tushadi. Bundan tashqari, to'r pardada juda ta'sirchan hujayralar mavjud bo'lib, ular ko'z o'tkirligining eng yuqori nuqtasi hisoblanadi. Quyosh nurlari ta'sirida esa bu hujayralar zararlanishi mumkin.

    Shifokorlarning ta'kidlashicha, quyosh nurlaridan himoya qiluvchi qora ko'zoynak taqish ko'zga zarar etishidan asraydi.