Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi

    “Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Hukumat Qarori (629-son, 04.10.2024-y.) qabul qilindi.

    Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

    Qarorga koʻra, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi.

    Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

    — ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish;

    — davlat fuqarolik xizmatchilarini shaxsiy-professional diagnostika qilish, kompetensiyalar modeli asosida kompleks baholash;

    — kompetensiyalarni baholash jarayonida foydalanish uchun doimiy ravishda yangi uslublarni ishlab chiqish, oʻzlashtirish va joriy qilish;

    — kompetensiyalarni baholash natijalari asosida rahbar kadrlar uchun shaxsiy-professional rivojlanish trayektoriyasini ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish;

    — rahbarlik lavozimiga nomzodlarni umumiy kasbiy bilimi, qadriyatlari va aqliy salohiyatini aniqlash boʻyicha test sinovlarini hamda psixologik soʻrovnomalar oʻtkazish;

    — rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish, kadrlarga boʻlgan ehtiyojni prognoz qilish, ularni saralab olish va joy-joyiga qoʻyish jarayonlariga raqamli texnologiyalarini va zamonaviy usullarni keng joriy etish;