Ko‘p yillik samarali badiiy-ijodiy faoliyati bilan zamonaviy adabiyotimizni vatanparvarlik, fidoyilik, insoniylikni tarannum etuvchi asarlar bilan boyitish, xalqimizning ong-u tafakkuri, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, farzandlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan munosib hissasi, yurtimizdagi tub islohotlar mohiyatini jamoatchilikka yetkazish, jamiyatda millatlararo do‘stlik va totuvlikni, turli millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, milliy madaniyatlar va an’analarni rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun shoir, ma’naviyat targ‘ibotchisi Rahimov Xushboq «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev