Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Tantanali marosimdan soʻng siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va madaniy-gumanitar sohalardagi Oʻzbekiston–Daniya munosabatlarining bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, muloqot chogʻida togʻ-kon sanoati, “yashil” energetika, sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sohalarini rivojlantirish, iqlim barqarorligini oshirish va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi muhim yoʻnalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi qayd etildi.








