Ramazon hayiti namozi o'qilishi munosabati bilan poytaxtimizda maxsus avtobus yo'nalishlari tashkil etiladi

    Maxsus avtobuslar soat 04:00 dan 07:00 ga qadar fuqarolarning masjidlarga kelib ketishlari uchun xizmat ko'rsatadi.

    Toshkent shahrida joylashgan masjidlarga Ramazon Hayiti namozini o'qish uchun tashrif buyuruvchi fuqarolarga qulaylik yaratish, yo'llarda paydo bo'ladigan tirbandliklarni oldini olish hamda Ramazon Hayit bayramida sifatli, xavfsiz jamoat transporti xizmatini ko'rsatish maqsadida, maxsus avtobus yo'nalishlari tashkil etilmoqda. Bu haqida Transport vazirligi xabar bermoqda.

    Maxsus avtobus yo'nalishlari soat 04:00 dan 07:00 ga qadar harakatlangan holda fuqarolarning masjidlarga kelib ketishlari uchun xizmat ko'rsatadi.

    Shuningdek, Hayit kuni metro poyezdlari harakati har kungidan 1 soat oldin — soat 04:00 dan yo'lovchilarga xizmat ko'rsatishni boshlaydi.