Bunday xalqaro miqyosdagi tadbirning nufuzli hakamlar hayʼati aʼzosi sifatida Oʻzbekiston xalq artisti, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri direktori Ramiz Usmonov taklif etilgan.

Tanlovda ishtirok etish uchun Rossiya, Belarus, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Armaniston, Ukraina va Moʻgʻulistondan yosh opera ijrochilari saralab olindi.

Ular rus va xorijiy mualliflarning ikkita kamerali vokal kompozitsiyasini hamda italiyalik bastakorlar repertuaridan opera ariyasini pianino joʻrligida ijro etadilar.

Final bosqichida ishtirokchilar Sankt-Peterburg akademik kapellasi simfonik orkestri joʻrligida ikkita opera ariyasi talqinini taqdim etadilar. Tanlov koʻrigi aynan shu kuni gʻoliblarni taqdirlash marosimi va laureatlarning gala-konserti bilan yakunlanadi.