Ramsar Konvensiyasi kotibiyati bilan onlayn muloqot boʻlib oʻtdi

    Yashil sayyora 23 Oktabr 2020 646

    2020-yil 23-oktyabr kuni Davlat ekologiya qoʻmitasida joriy yil 19-avgust kuni Toʻdakoʻl va Quyimozor suv omborlarining xalqaro Ramsar Konvensiyasining Roʻyxatiga kiritilishi munosabati bilan videokonferensiya shaklida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

    Uchrashuvda Ramsar konvensiyasining Osiyo va Okean boʻyicha kotibiyati bosh maslahatchisi Reyko Iidzuka hamda Markaziy Osiyo uchun Ramsar mintaqaviy tashabbuslarini muvofiqlashtiruvchi qoʻmitasi raisi professor Eldar Rustamov ishtirok etib, Oʻzbekiston Respublikasining mazkur sʼay-harakati yuqori baholanib, mamlakatimizning bu borada Markaziy Osiyoda yetakchilik qilayotganligi alohida taʼkidlab oʻtildi.

    Mamlakatimiz suvda suzuvchi qushlarning asosiy yashash manzili boʻlgan xalqaro ahamiyatga ega suvli-botqoqli hududlar toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga 2001-yilda aʼzo boʻlgan edi. Dastavval Dengizkoʻl hamda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi Ramsar konvensiyasi roʻyxatiga kiritilgan.