Raqamlarda: tugʻilish, nikoh va ajrim

    Ijtimoiy hayot 7 Aprel 2021 2096

    2021-yilning oʻtgan uch oyi (yanvar-mart) da Toshkent viloyatida 15 ming 344 nafar chaqaloq tugʻilgan.

    Tugʻilganlarning 7 ming 970 nafari oʻgʻil, 7 ming 374 nafari qiz. Viloyat kesimida eng koʻp tugʻilish Zangiota (1045 ), Parkent (966 ) tumanlari va Angren shahrida (925 ) qayd etildi.

    Ayni shu muddat davomida viloyat boʻyicha 5 ming 519 ta nikoh qayd etildi. Ajrimlar soni esa 952 tani tashkil etdi.

    Nikohlar soni boʻyicha Yuqori Chirchiq (342 ta), Oʻrta Chirchiq (340 ta) va Zangiota (362 ta) tumanlari peshqadamlik qilgan boʻlsa, eng koʻp ajrim Zangiota tumani (84 ta), Olmaliq (71 ta) va Chirchiq shaharlarida (70 ta) qayd etildi.