Tadbirda Rossiya, Qozogʻiston, Xitoy, Slovakiya va Vyetnamdan taniqli olimlar, professor-oʻqituvchilar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Anjumanda raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektning taʼlim tizimidagi oʻrni, rus tili va adabiyotini oʻqitishda raqamli yondashuvlar, interaktiv metodlar va innovatsion platformalarning samaradorligi yuzasidan ilmiy fikrlar bildirildi.
Ishtirokchilar raqamli oʻqitish metodikasini takomillashtirish, oʻquv jarayonini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish hamda pedagogik faoliyatda innovatsion yondashuvlarni joriy etish boʻyicha oʻz takliflarini ilgari surdi.
Jumladan, institut rektori Rivojiddin Karimov raqamlashtirish jarayonining taʼlimdagi dolzarb jihatlari, shaxsga yoʻnaltirilgan oʻquv muhitini yaratish hamda raqamli kompetensiyalarni shakllantirish masalalariga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Shuningdek, raqamli taʼlim metodlarini joriy etish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish va innovatsion loyihalarni rivojlantirish borasidagi tajriba va yutuqlar bilan oʻrtoqlashildi.
Anjuman ishi turli shuʼbalar (seksiyalar) kesimida davom ettirildi. Unda ishtirokchilar raqamlashtirishning pedagogik masalalari, oʻqitish metodikasining modernizatsiyasi, lingvodidaktika va adabiy taʼlimda innovatsion yondashuvlar yoʻnalishlarida maʼruza qildi, deyiladi institut axborot xizmati xabarida.











