Mazkur tadbir davomida ishtirokchilar mobil dasturlash, raqamli dizayn (Fashion), SMM&PR, Branding hamda Biznes Analitika boʻyicha tajribali mentorlarimiz mahorat darslari ishtirok etishadi.

“Raqamli avlod qizlari-2022” tadbiridan koʻzlangan asosiy maqsad ayol-qizlarning axborot texnologiyalar sohasidagi rolini oshirish, ularning zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish hamda gʻoya va loyihalarini qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Tadbir Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda boʻlib oʻtadi. Mashgʻulotlar offlayn va onlayn oʻtkaziladi, unda eshitish qobiliyati zaif bolalar, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va tanlov jarayonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan 60 nafar ishtirokchi qizlar qatnashmoqda.

“Raqamli avlod qizlari-2022” tadbirida ishtirok etish uchun 1500 dan ortiq ariza kelib tushgan.

Mashgʻulotlar musoboqalar tarzida tashkil etilmoqda, unda ishtirokchi qizlar oʻz loyihalarini ishlab chiqishadi hamda taqdim qilishadi. Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Maʼlumot oʻrnida, ““Raqamli avlod qizlari” loyihasi bu yil 2-marta oʻtkazilmoqda. 2021-yilda mazkur loyihada 50 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashgan, mashgʻulotlar davomida 17 ta loyiha ishlab chiqilib, shulardan 3 tasi inklyuziv taʼlimda joriy etish uchun tavsiya etilgan (MyHaering, SoS-button, daun sindromi bor odamlar uchun oʻyinlar loyihalari).