Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida” gi qarori (PQ–108, 18.03.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar hukumatlari oʻrtasida raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.
Bitim 2024-yil 6-noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng belgilangan tartibda uning qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.