Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” Strategiyasi maʼqullanib, bu orqali davlat idoralari faoliyatini raqamlashtirish boʻyicha saʼy-harakatlariga yangi turtki berganligi taʼkidlandi.
Ushbu jarayonda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratilganligiga urgʻu berildi:
- onlayn-nazorat instrumentlarini joriy etish;
- maʼmuriy tartib-taomillar shaffofligini oshirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarini cheklash;
- idoralararo elektron hamkorlik usullarini takomillashtirish.
Elektron hujjat almashinuv tizimini joriy etish sohasidagi tajriba tadbir ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotgan.