Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, 2026 yil aprel oyidan boshlab Respublika ihtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida tibbiy xizmatlar narxlarining adolatli shakllantirilganligi yuzasidan tahlillar olib borilmoqda.
May oyiga qadar Respublika ihtisoslashtirilgan kardiologiya, ko‘z mikroxirurgiyasi, endokrinologiya, xirurgiya, urologiya, terapiya va tibbiy reabilitatsiya, ona va bola salomatligi, shuningdek, dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida o‘rganishlar o‘tkazildi.
Dastlabki natijalarga ko‘ra, ayrim holatlarda tibbiy xizmatlar tariflarini shakllantirishda amaldagi talablariga to‘liq rioya etilmagani aniqlangan.
Shu munosabat bilan mazkur markazlarga tariflarni amaldagi tartib va talablar asosida qayta shakllantirish hamda narxlarni maqbullashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, o‘rganishlar yakunlari bo‘yicha tibbiy xizmatlar tariflarini yanada maqbullashtirishga qaratilgan umumlashtirilgan takliflar ishlab chiqilib, vakolatli davlat organlariga kiritilishi ma’lum qilindi.