Qoʻmita aralashuvidan soʻng, ushbu shikoyatlardan 54 tasi quruvchi hamda fuqaro oʻrtasida oʻzaro kelishuv bitimi imzolanishi yoki nizolarni sudgacha mediatsiya yoʻli bilan hal etilishi natijasida ijobiy hal etilib, isteʼmolchilar foydasiga 1 mlrd 128 mln 669 ming soʻm miqdorda pul mablagʻlari qayta hisob-kitob qilinishi taʼminlangan.
Xususan, 2025 yil davomida «Golden house property group
Ushbu murojaatlarning 35 tasi (87 foizi) ijobiy hal etilgan, shundan, 31 tasi quruvchi hamda fuqaro oʻrtasida oʻzaro kelishuv bitimi imzolanishi orqali hal etilgan boʻlsa, 4 nafar fuqarolarning foydasiga jami 1 128 669 635 soʻm miqdorda pul mablagʻi qayta hisob-kitob qilib berilgan.
Shunga qaramay, 2026 yilning 1-choragi davomida mazkur quruvchi korxona faoliyatidan norozi boʻlib 34 nafar fuqorodan murojaatlar kelib tushgan.
Bulardan 19 tasi (56 foizi) qanoatlantirilgan boʻlsa, 5 ta holatda belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilib va 10 ta murojaat yuzasidan vakolatli tashkilotni xabardor etgan holda tekshiruv tayinlangan.
Maʼlumot uchun, Raqobat qoʻmitasiga 2023 yil 19 mingta, 2024 yilda 28 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2025 yilga kelib qariyb 54 mingga yetgani kuzatilmoqda.