Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar berdi.
Raqobat qoʻmitasi "Instagram" ijtimoiy tarmogʻidagi "IPOTEKABANK" ATIBning sahifasida bank tomonidan joriy qilingan "Super" nomli omonat turi boʻyicha yillik foiz stavkasi 26 foizdan ekanligi haqida joylashtirilgan reklamaning qonun hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan oʻrganish ishlari borilayotganligini maʼlum qilgan edi.
Yuqoridagilarga asosan, Qoʻmitaning isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi yuzasidan ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha Maxsus komissiyasi "IPOTEKABANK" ATIB tomonidan nomaqbul (notoʻgʻri) reklamaga yoʻl qoʻygan deb topilib, unga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllash haqida qaror qabul qilindi. Shuningdek, qonun buzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan koʻrsatma berildi.
Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi boʻlgan tomon Qoʻmitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega, — deyiladi xabarda.