Raqobat qoʻmitasi: "Lukoil" asossiz olgan mablagʻni qaytarishi kerak

    Raqobat qoʻmitasi "Lukoil" "Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi toʻgʻrisida"gi nizom talablari buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi natijasida asossiz olingan mablagʻni qaytarish boʻyicha qaror qabul qilindi.

    Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar berdi.

    Raqobat qoʻmitasi tomonidan "Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd" kompaniyasiga nisbatan narx manipulyatsiyasi alomatlari bilan ish qoʻzgʻatilganiligi va oʻrganish ishlari olib borilayotganligi boʻyicha maʼlum qilgan edi.

    Ushbu ish yuzasidan Qoʻmitaning Maxsus komissiyasi "Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd" kompaniyasiga Oʻzbekiston Respublikasining "Raqobat toʻgʻrisida"gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli Qarori bilan tasdiqlangan "Birja savdolarida yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi toʻgʻrisida"gi Nizomi talablarining buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi natijasida asossiz olingan mablagʻni qaytarish boʻyicha qaror qabul qilindi va qonun buzilishlarni bartaraf etish va keyinchalik yoʻl qoʻymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi.

    Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi boʻlgan tomon Qoʻmitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega, — deyiladi xabarda.