Raqobat qoʻmitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan davlat xaridlarida “Raqobat toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonunlarga rioya etilishi yuzasidan doimiy monitoring oʻtkazilmoqda.
Olib borilgan oʻrganishlar natijasiga koʻra, “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan maxsus axborot portali orqali oʻtkazilgan 2 ta jami 4.8 mlrd soʻmga yaqin eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarida “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilganlik alomatlari aniqlandi.
Yuqoridagilarga koʻra, “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan “Oʻzbekneftgaz” AJga nisbatan ish qoʻzgʻatildi.
Qoʻzgʻatilgan ish oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilib, qaror qabul qilingandan soʻng qoʻshimcha axborot berilishi maʼlum qilindi.