Tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq amalga oshirildi.

Davlatov Ulugʻbek Bahodirovich 1987-yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, iqtisodchi.

U 2011-yildan hozirgi vaqtga qadar Raqobat qoʻmitasi tizimida turli lavozimlarda, jumladan, bosh mutaxassis, boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi hamda departament direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.