Raqobat qoʻmitasi: SSVga qarashli tibbiyot maskanlariga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

    Sogʻliqni saqlash vazirligi tizim tashkilotlariga kafolatlanmasdan koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar yuzasidan tegishli choralar koʻrildi.

    Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar berdi.

    Raqobat qoʻmitasi tomonidan isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish borasida respublikamiz miqyosida faoliyat yuritayotgan tibbiyot muassasalarida tibbiyot uchun moʻljallangan oʻlchash va sinash vositalarining metrologik koʻrikdan oʻtkazilganligi holatini tahlil qilindi.

    Jumladan, Navoiy viloyati misolida, viloyat hududidagi 2 ta tibbiyot muassasalarida (Tomdi tuman tibbiyot birlashmasi birlashmasi hamda "Vagus" MCHJga tegishli tibbiyot markazi) 2023-2024-yil mobaynida tibbiyot uchun moʻljallangan oʻlchash va sinash vositalarining metrologik tekshiruvidan oʻtkazilmagan tibbiy sinash va oʻlchash vositalari qoʻllanilgan holda xizmatlar koʻrsatilganligi aniqlandi

    Jizzax viloyati misolida, viloyat hududidagi 5 ta davlat tibbiyot muassasalarida («Baxmal tumani tibbiyot birlashmasi», "Jizzax viloyat stomatologiya tabobatxonasi", "Jizzax shahar tibbiyot birlashmasi", "Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyat hududiy filiali" va "Jizzax viloyat nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi") oʻtkazilgan tahlil natijalariga koʻra, jami 344 ta oʻlchash va sinash vositalarini oʻz vaqtida metrologik koʻrikdan oʻtkazilmaganligi boʻyicha kamchiliklar aniqlandi.

    Sirdaryo viloyati misolida, viloyat hududidagi 2 ta tuman tibbiyot birlashmalarida (Mirzaobod tuman tibbiyot birlashmasi va Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasi) aholiga oʻz vaqtida metrologik koʻrikdan oʻtmagan tibbiy uskunalar orqali pullik xizmat koʻrsatilganligi holatlari aniqlandi.

    Toshkent viloyati misolida, viloyat hududidagi 4 ta tibbiyot (Toshkent viloyat Toshkent tuman tibbiyot birlashmasi, Piskent tuman tibbiyot birlashmasi, Ohangaron tuman tibbiyot birlashmasi va Oqqoʻrgʻon tuman tibbiyot birlashmalari) muassasalarida oʻtkazilgan tahlil natijalariga koʻra, oʻtgan davr mobaynida oʻlchash va sinash vositalarini oʻz vaqtida metrologik koʻrikdan oʻtkazilmaganligi holatlari aniqlandi.

    Andijon viloyati misolida, viloyat hududidagi 5 ta davlat tibbiyot muassasalarida ("Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filiali", "Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filiali" hamda "Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 1,2,7 son oilaviy poliklinika") oʻtkazilgan tahlil natijalariga koʻra, jami 56 ta oʻlchash va sinash vositalarini oʻz vaqtida metrologik koʻrikdan oʻtkazilmaganligi aniqlandi.

    Namangan viloyati misolida, viloyat hududidagi 2 ta tibbiyot muassasalarida (Chust tuman tibbiyot birlashmasi hamda Pop tuman tibbiyot birlashmasi filiallari) oʻtkazilgan tahlil natijalariga koʻra, 2023-yil va 2024-yil 1-chorak davomi mobaynida oʻlchash va sinash vositalarini oʻz vaqtida metrologik koʻrikdan oʻtkazilmaganligi holatlari aniqlandi

    Fargʻona viloyati misolida, viloyat hududidagi 9 ta tibbiyot muassasalarida (Respublika Ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Fargʻona viloyati filiali, Fargʻona viloyati 2-sonli oftalmologiya shifoxonasi, Respublika ixtisoslashtirilgan Dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmi-amaliy tibbiyot markazining Fargʻona viloyati hududiy filiali, Respublika Ixtisoslashtirilgan Urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Fargʻona filiali, Fargʻona viloyati Ftiziatriya va pulmonologiya markazi, Fargʻona viloyati Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Fargʻona filiali, Respublika Ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Fargʻona filiali, Respublika Ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitlar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Fargʻona filiali, Qoʻshtepa tumani tibbiyot birlashmasi, Rishton tumani tibbiyot birlashmalari) oʻtkazilgan tahlil natijalariga koʻra, oʻlchash va sinash vositalarini oʻz vaqtida metrologik koʻrikdan oʻtkazilmaganligi holatlari aniqlandi.

    Yuqoridagilarga koʻra, Raqobat qoʻmitasi metrologik koʻrikdan oʻtkazilmagan tibbiy sinash va oʻlchash vositalaridan foydalanib jami 600 mingdan ortiq isteʼmolchilarga 300 mln soʻmga yaqin kafolatlanmagan xizmatlar koʻrsatilganligi aniqlangan. Bu bilan tibbiyot maskanlari Oʻzbekiston Respublikasi «Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunining 4, 12, 19, 20 va 27 moddalari talablariga zid ravishda ish tutgan deb topilib, Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qaroriga muvofiq yuqoridagi tibbiyot maskanlariga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, qonunbuzarlik holatining bartaraf etilishi yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berildi hamda qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻygan 8 ta masʼul mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralari koʻrish yuzasidan tegishli tartibda sud organlariga yuborildi.