Qayd etilishicha, Raqobat qoʻmitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan joriy yilning yanvar va fevral oylari davomida reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan oʻrganish va monitoring ishlari olib borilgan.
Olib borilgan oʻrganish natijalariga muvofiq, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan Toshkent shahrida faoliyat koʻrsatayotgan 30 dan ortiq xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, xususan, “Sosa-sola ichimligi Uzbekistan LTD” MCHJ XK, “International beverages tashkent” mchj xk (pepsi), “Mak food servis” mchj (evos), “Lumieri” mchj, “Turan media” mchj, “Oqtepa food service” mchj (oqtepa lavash), “Baratrum” MCHJga (Safia) nisbatan ishlar qoʻzgʻatilib, moliyaviy jarimalar qoʻllash haqida qarorlar qabul qilindi.
Ushbu korxonalar “Reklama toʻgʻrisida“gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibi buzgan.
Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berildi.