Mazkur tanlovning hududiy tuman (shahar) viloyat bosqichlari iyul-sentyabr oylari davomida yuqori saviyada oʻtkazildi. Ushbu tanlovda jami 1000 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etib, ular orasidan 205 nafar yoshlar yakuniy bosqichgacha yetib keldi.
Ayni daqiqalarda Tanlovning yakuniy bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Tadbirni Ijodkor yoshlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi Farrux Yunusov kirish soʻzi bilan ochib berdi.
Qayd etish joizki, tanlovni tashkil etish hamda oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad yoshlar oʻrtasida raqs sanʼatini keng targʻib etish, ijodkor yoshlarni aniqlash, ularni qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish, iqtidorlari yoshlarni izlab topish, ularga mahoratlarini namoyish etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish, shuningdek, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.
Tanlov “Milliy raqs”, “Zamonaviy raqslar” hamda “Estrada-sport raqslari” yoʻnalishlarida oʻtkazilmoqda. Professional xoreograf, baletmeyster, raqqos va raqqosalardan iborat boʻlgan Hakamlar hayʼati ishtirokchilarini baholab borishadi.