Bunday qaror OAV ning olti nafar xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlanganidan keyin qabul qilingan.
Bosh vazirning tashrifini yoritayotgan “Gazeta.Ru” muxbirining xabar berishicha, bugun Blagoveщyensk aeroportida barcha jurnalistlardan test olingan. Shunda ulardan olti nafarida ijobiy natija aniqlangan, va ular boshqalardan ajratilgan. OAVning boshqa xodimlariga (ular taxminan 40 kishi) ular delegatsiya bilan birga ishlamasligi va ertaga Moskvaga qaytib ketishi haqida eʼlon qilingan.
Koronavirus infeksiyasiga dastlabki chalingan jurnalistlar delegatsiyaning Petropavlovsk- Kamchatskdagi ish jarayonida aniqlangan. Shundan keyin Bosh vazir matbuot-kotibi Boris Belyakov sodir boʻlgan voqeaning Mishustin xizmat safari grafigiga taʼsir etmasligiga ishontirdi.